Enwis
Yangiliklar
Ta'lim

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2 daqiqa o'qish

2026–2027 o'quv yili uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish maqsadida ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish boshlandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotiga ko'ra, hujjat my.uzbmb.uz portali orqali rasmiylashtiriladi.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun abituriyent shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritishi kerak bo'ladi.

Test sinoviga kelayotganda abituriyent belgilangan vaqtdan kechikmasligi va o'zi bilan asl pasport (yoki ID-karta) hamda ruxsatnomani olib kelishi shart. Agentlik ta'kidlashicha, hujjat nusxasi bilan kelgan yoki kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.

Barcha yangiliklar